Xorvatiya parlamenti o‘zini tarqatib yubordi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Xorvatiyada bo‘lajak parlament saylovlari arafasida mamlakatning bir palatali parlamenti – Xorvatiya saborini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda 14 mart, payshanba kuni spiker Gordan Yandrokovich ma’lum qildi.
«143 ta ovoz bilan biz Xorvatiya parlamentini tarqatib yuborishga qaror qildik», dedi Yandrokovich ovoz berish natijalarini sarhisob qilar ekan. Saborning yangi tarkibi aprel oyi oxiri - may oyi boshlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovlarda aniqlanadi. Saylovlar sanasini Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich tasdiqlashi kerak. Yevropa Ittifoqida 6-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevroparlamentga saylovlar oldidan barcha tartib-qoidalar yakunlanishi kutilmoqda.
Parlamentni tarqatib yuborish tashabbusi Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich tomonidan ilgari surilgan.
Manba: www.aniq.uz