Falastin hukumati bugun iste’foga chiqadi - OAV
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Ramallahda hokimiyatdagi Falastin hukumati dushanba kuni iste’foga chiqadi.
Bu haqda «Al Mayadeen» telekanali Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos ma’muriyatidagi rasmiy manbaga tayanib xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bosh vazir Muhammad Shtaye Falastin rahbariga o‘z iste’fosini taqdim etadi, biroq uning kabineti yangi hukumat tuzilmaguncha o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Manbaning qayd etishicha, prezident Abbos bu qadamni ba’zi mintaqaviy o‘yinchilar va AQSh bosimi tufayli qilmoqda. «Hukumatning iste’foga chiqishi G‘azo sektoridagi urushni tugatish bo‘yicha olib borilayotgan vositachilik sa’y-harakatlari va harbiy kuchlarni olib chiqish va Falastin anklavidagi blokadani olib tashlash uchun xalqaro kafolatlar berilishi bilan bog‘liq», - deya ta’kidladi u.
Manbaga ko‘ra, «keyingi bosqich yangi hukumat tuzilgunga qadar barcha Falastin guruhlari, jumladan, HAMAS harakati ishtirokida milliy konsensusga erishish bo‘ladi».
Manba: www.aniq.uz