Oq uy Rossiyadan xavotirda
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Vashington Rossiyaning AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga aralashuvidan «xavotirda». Bu haqda 25 fevral, yakshanba kuni Amerikaning NBC News telekanalidagi «Matbuot bilan uchrashuv» dasturida AQSh prezidenti milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.
«Bugun men dalil haqida gapira olmayman. Lekin shuni aytishim mumkinki, albatta, xavotirlar bor. Bu yerda Rossiya Federasiyasi, uning razvedka xizmatlariga tegishli prezidentlik saylovlari nuqtai nazaridan ham fon mavjud. Xavotirga tushish uchun juda ko‘p sabablar bor, - dedi u Sallivan. - Gap siyosat haqida emas. Gap milliy xavfsizlik to‘g‘risida boryapti. Gap Amerika Qo‘shma Shtatlari siyosati va demokratiyasini manipulyasiya qilishga intilayotgan xorijiy davlat, xorijiy dushman haqida».
Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Oq uy saylovga aralashuv oldini olish va Kongressdagi har ikki partiya vakillari bilan aloqa o‘rnatish uchun «hushyor» bo‘lishini qo‘shimcha qildi, «chunki bu (milliy xavfsizlik) - siyosatdan yuqoriroq turishi kerak».
2023 yil oktyabr oyida AQSh razvedka agentliklari Rossiya o‘zining josuslar tarmog‘i, davlat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, saylovlarga jahon jamoatchiligi ishonchini susaytirayotgani haqida hisobot e’lon qildi. O‘shanda bu hisobot Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikadagi yuzga yaqin davlat elchixonalariga yuborildi.
Avvalroq Putin Bayden AQSh prezidenti sifatida Rossiya uchun afzalroq ekanini aytdi
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Manba: www.aniq.uz