Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

O‘zbekiston elchisi Yaponiyaning Gifu prefekturasi gubernatori bilan hududlararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi

Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyaning Gifu prefekturasi gubernatori Furuta Xajime bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya hududlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Yaponiya hududlari ko‘plab sohalarda samarali hamkorlik qilib kelayotgani qayd etildi. Toshkent-Nagoya, Samarqand-Nara, Rishton-Maydzuru shaharlari o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin munosabatlar yuqori baholandi.

Furuta Xajime so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e’tirof etdi. U Gifu prefekturasi gubernatori sifatida hududlararo xalqaro aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratishini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston viloyatlaridan biri bilan birodarlik munosabatlarini o‘rnatishga qiziqish mavjudligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida joriy yilda Gifu prefekturasi gubernatorining yurtimizga tashrifini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy, investisiyaviy va tashqi mehnat migrasiyasi sohasidagi salohiyati taqdimotini o‘tkazish va hududlararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida mamlakatimiz elchisining Gifu prefekturasiga amaliy safarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.


Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish