Stoltenberg: NATO Ukrainaga qo‘shin jo‘natish niyatida emas
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
NATO Ukrainaga jangovar qo‘shin yuborishni rejalashtirmayapti, dedi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg 27 fevral, seshanba kuni Associated Press agentligiga ba’zi G‘arb davlatlari urishayotgan mamlakatga qo‘shin yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarlar ortidan.
Uning ta’kidlashicha, NATO ittifoqchilari Ukrainaga 2014 yildan beri ko‘rsatib kelinayotgan va Rossiyaning 2022 yildagi keng ko‘lamli hujumidan keyin mustahkamlangan «misli ko‘rilmagan yordam» taqdim etyapti. «Ammo Ukraina hududida NATO jangovar bo‘linmalarini joylashtirish rejalari yo‘q», - deya ishontirdi Stoltenberg.
Makron G‘arb qo‘shinlari Ukrainaga yuborilishini istisno etmadi
26 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan G‘arb davlatlarining sammiti yakunlariga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainada G‘arb quruqlik kuchlari joylashtirilishi mumkinligini tan oldi. «Bugun quruqlikdagi qo‘shinlarni (Ukrainaga) rasman yuborish masalasida konsensus yo‘q, ammo hech narsani inkor etib bo‘lmaydi», — dedi Makron.
Avvalroq, Slovakiyaning mashhur rossiyaparast bosh vaziri Robert Fiso Makron tomonidan chaqirilgan konferensiya uchun Parijga jo‘nab ketishdan oldin Bratislavada so‘zlagan nutqida, ba’zi G‘arb davlatlari o‘z askarlarini «Ukraina hududiga ikki tomonlama shartnomalar asosida yuborishni ko‘rib chiqayotganini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap «bir nechta davlatlar – NATO va YEI a’zolari» haqida ketmoqda, Fiso esa «maxfiy ma’lumotlar»ga tayanib, ular qaysi davlatlar ekanligini aniqlashtirmadi.
Boshqa davlatlar Makronning pozisiyasini hali qo‘llab-quvvatlamadi
Manba: www.aniq.uz