O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Fransiya elchisi ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov kecha Fransiya elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Parlamentlararo muloqotni kuchaytirish, o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi almashinuvlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Fransiyaning «Semmaris», «Suez», «Alstom» va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Manba: www.aniq.uz