Serbiya prezidenti Ukrainaga yordam berishga va’da berdi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
"Serbiya Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi", — deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich Tiranada bo‘lib o‘tgan "Janubiy-Sharqiy Yevropa – Ukraina" sammitidagi chiqishi chog‘ida.
"Biz faqat konstruktiv muloqot va diplomatik yechimlar tinchlikka olib kelishi mumkinligiga ishonamiz. Serbiya, avvalgidek, Ukrainaning tahdid ostidagi aholisiga o‘z imkoniyatlari doirasida gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi va xalqaro huquqni hurmat qilish majburiyatini oladi. Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz, biroq Rossiyaga qarshi sanksiyalar tarafdori emasmiz", — deya ta’kidladi Vuchich.
Manba: www.aniq.uz