Eldor Aripov: O‘zbekiston Prezidentining XXRga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlar mamlakatlarimiz aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Kecha Toshkentda O‘zbekiston Prezidentining XXRga davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan «O‘zbekiston va Xitoy: ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti Xitoy elchixonasi bilan birgalikda SMTI va ikki davlat savdo-sanoat palatalari hamkorligida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston va Xitoyning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, ekspertlari hamda mamlakatimizdagi Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov «Barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqich» mavzusidagi panel sessiyasida ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Ekspert o‘z ma’ruzasida ikki davlat rahbarlari sammitining muhim natijalarini tahlil qildi.
Eldor Aripov O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi yuqori samaradorligi haqida gapirar ekan, bir qancha asosiy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Birinchidan, SMTI direktorining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari yangi davrda barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani tashrifning muhim voqeasi bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz