Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Rossiyalik bokschi Kurbanov — Madrimov jangida Isroil favorit ekanini aytdi

Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta prof boks oqshomi o‘tkaziladi.

Kechaning anderkard jangida hamyurtimiz Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi vakant bo‘lib turgan WBA kamari uchun ringga ko‘tariladi. Ayni paytda Avstraliyada mashg‘ulot o‘tkazayotgan va birinchi o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi rossiyalik bokschi Sergey Vorobyev ushbu to‘qnashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.

"To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, ushbu jangda Isroil Madrimovning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Nimaga? Chunki Maga asosiy janglarini Rossiyada o‘tkazgan. Aynan shu holat bo‘lajak jangda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Madrimovning havaskor boksdagi tajribasi ham Magomednikidan ancha yaxshi va boy. Isroil AQShda juda ko‘p jang o‘tkazdi. O‘sha yerda yashab, mashg‘ulotlarni ham okean ortida o‘tkazadi. Sparringlari ham tizimli tarzda tashkil etiladi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha u tajribali bokschi. Maga vatandan tashqarida o‘tadigan jangida o‘zini qanday his qilishini ham bilmayman. Har qanday holatda ham bu qiziqarli jang bo‘ladi. Bunday imkoniyat hamma bokschiga ham berilavermaydi. Chempionlik kamari uchun jang qilish hammaga ham emas. Fikrimni umumiy qiladigan bo‘lsam, 8 mart kungi jangda Madrimovda g‘alaba uchun imkoniyatlar yuqori", — dedi Vorobyev.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonidagi boks oqshomining markaziy jangida Entoni Joshua sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi ringga ko‘tariladi.




Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish