Abdurahmonov va Chusovitina “Parij-2024”ga yaqinlashmoqda
Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
“Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari yaqinlashgani sayin mazkur nufuzli musobaqalarning ishtirokchisiga aylanish uchun kurash ham qizg‘in pallaga kirib boraveradi. Boshqa sport turlari qatori sport gimnastikasida ham ushbu jarayon shiddatli bellashuvlar bilan yodda qolmoqda.
Ma’lumki, sport gimnastikasi sport turida yozgi Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisi bo‘lish uchun sportchilar jahon kubogi bosqichlarida munosib natijalarga erishishi, zarur reyting ochkolarini jamg‘arishi talab etiladi.
O‘tgan oy Misr va Germaniyada o‘tgan jahon kubogining ikkita bosqich musobaqalaridan keyin Xalqaro gimnastika federasiyasi “Parij-2024” o‘yinlarida qatnashish yo‘lida o‘z yo‘nalishlarida Olimpiya reytingining yetakchilari nomini e’lon qildi.
Sport gimnastikasining 6 ta erkaklar va 4 ta ayollar yo‘nalishidagi reyting ko‘rsatkichlarida Shimoliy Koreya, Ukraina, Qozog‘iston, Xitoy, Yaponiya, Jazoir, Xitoy Taypeyi, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya vakillari yuqori o‘rinlarni egalladi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Rasuljon Abdurahimov parallel brusdagi mashq yo‘nalishida reytingning 3-pog‘onasidan, ayollar o‘rtasida tayanib sakrash yo‘nalishidagi bahslarda Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun kurashga kirishgan Oksana Chusovitina 6-qatordan joy oldi.
Aytish lozim, hamyurtimiz Rasuljon Abdurahmonov Germaniyada o‘tgan jahon kubogining 2-bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Afsonaviy sportchimiz Chusovitina jahon kubogi 2-bosqich musobaqalari final bahsida 6-o‘rinni egalladi. Har ikki sportchimizning ushbu ko‘rsatkichlari ularni “Parij-2024” sari yanada yaqinlashtirmoqda, deyish mumkin.
Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarini taqdim etadigan jahon kubogining 3 va 4-bosqich musobaqalari Ozarbayjonning Boku va Qatarning Doha shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.aniq.uz