Superliga: “Navbahor” va “Nasaf” g‘alaba qozondi
Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3:1 hisobida yakunlandi.
Mazkur o‘yinda Toma Tabatadze dublga erishgan bo‘lsa, yana bir golni Abror Ismoilov o‘z nomiga yozib qo‘ydi. Mehmonlarning golini Kojo kiritdi.
Qarshida o‘tgan "Nasaf" va "Olimpik" jamoalari bahsida 2:0 hisobi qayd etildi. "Markaziy" stadionida o‘tgan ushbu bellashuvda Akmal Mozgovoy va Zoran Marushich gol urib o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Navbahor" va “Nasaf” ushbu g‘alabadan keyin 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Bugun, 2 mart kuni “Bunyodkor” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qiladi. Soat 17:00 da boshlanadigan ushbu o‘yinda Rustam Lutfullin bosh hakam bo‘lib ishlaydi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Ruslan Serazitdinov yordam beradi.
Shuningdek, 1-tur doirasida “So‘g‘diyona” - “Neftchi” klublari o‘zaro o‘yin o‘tkazadi. Bu uchrashuv soat 19:15 da bo‘lib o‘tadi. O‘yin bosh hakami Asker Najafaliyev etib belgilandi. Qanot hakamligi Ziyodullo Abdurashidov va Alisher Usmonovga ishonib topshirildi.
Manba: www.aniq.uz