Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Superliga va Proliga klublari shartnomalar masalasida rasman ogohlantirildi

Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
Professional futbol klubi va futbolchi o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari masalasi yildan-yildan tartibga solib kelinmoqda. Shunga qaramay, O‘FA tegishli qo‘mitalariga kelib tushayotgan shikoyatlar mazmuni ba’zi kamchiliklarni ko‘rsatib qo‘yadi. Aksar holatlarda klub futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining barcha nusxasini o‘zida saqlashga harakat qiladi va turli bahonalar bilan uni futbolchiga taqdim etmaydi. O‘z huquqlari himoyasini tegishli shaxs yoki tashkilotlarga taqdim etgan futbolchilar esa klubdan shartnomani 4 nusxada tuzishni talab qiladi va u imzolangan kuniyoq uning bir nusxasini o‘zida qoldiradi. Liga O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan keyingi to‘rt yilda qator loyihalarni amalga oshirdi. Bu esa yuqoridagi kabi holatlarni keskin kamaytirdi. Navbatdagi qadam sifatida Liga klublarga rasmiy murojaat bilan chiqib, joriy yilning 31 mart sanasiga qadar mehnat shartnomasining tegishli nusxasini futbolchi va murabbiylarga taqdim etish shartligini ma’lum qildi. 1 apreldan boshlab mazkur talab ijrosini o‘z vaqtida bajarmagan futbol klubi jarimaga tortilishi belgilandi. Shuningdek, Liga klublarni shartnomalarga kiritilayotgan o‘zgarishlar masalasini tartibga solishga chaqirdi. Aksar holatlarda klub va futbolchi, klub yoki murabbiy shartnomaga qo‘shimchalar kiritadi, biroq mazkur shartnoma 20 kun ichida Liga ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Bu kabi holat klubga nisbatan sanksiyalar kiritilishiga olib keladi. Ayni vaqtda Superliga klubini boshqargan rahbarlardan biri bu kabi ishlar ortidan sudda javob berayotganligini unutmaslik kerak.










Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish