Saudiya boylari De Bryuyne uchun poygaga kirishdi
Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
Saudiya Arabistonining to‘rtta eng boy klubi "Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bryuyneni yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsad deb bilishdi. Bu haqda "The Times" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, ushbu klublar belgiyalik futbolchiga nihoyatda foydali taklif bilan chiqishmoqchi.
Qayd etilishicha, nomi oshkor etilmagan ushbu klublar “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro va “Liverpul” vingeri Muhammad Salohni ham sotib olishga urinishadi.
Saudiya davlat investisiya jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan "Al-Ittihod", "Al-Ahli", "An-Nasr" va "Al-Hilol" klublari ushbu kurashda ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum De Bryuyne barcha turnirlarda 10ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Manba: www.aniq.uz