Nodirbek Abdusattorov onlayn shaxmat reytingida 4-o‘ringa ko‘tarildi
Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
«Prague Chess Festival» turnirida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov FIDEning onlayn reytingida 5-o‘ringa ko‘tarilib olgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Hamyurtimiz musobaqaning 6-turida hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhaga yutqazib qo‘yganidan keyin mazkur reytingda 8-o‘ringa tushib ketgandi. Biroq Nodirbek 7-turda Vinsent Keymerni mag‘lub etib, yana 5-pog‘onaga qaytgan bo‘lsa, kecha Parham Maqsudlu (Eron) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng vatandoshimiz 4-o‘ringa chiqib oldi.
Abdusattorovning reytingdagi ochkolari 2765,5 ballga yetdi. U amaldagi shaxmattoji sohibi Ding Lijenni ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinda borayotgan Xikaru Nakamura hisobida 2789,0 ball mavjud. Magnus Karlsen va Fabiano Karuano 2800dan ko‘proq ochko ega (2830 va 2804).
Manba: www.aniq.uz
Manba: www.aniq.uz