Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Buxoro davlat universiteti jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
Universitetlar qoshida tashkil etilayotgan futbol jamoalari tobora katta futbolga yaqinlashmoqda deyish mumkin.

20 fevral kuni Farg‘ona davlat unirvesiteti Birinchi liga ishtirokchisiga aylangandi. Endilikda Buxoro davlat universiteti Liga tomonidan o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Buxoro DU 2023 yil Buxoro viloyati ichki musobaqasida munosib ishtirok etib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Universitet jamoasi Liga Ustaviga asosan barcha talablarni bajarishga erishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-sonli Qarorida davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, davlat oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash choralarini ko‘rish, har bir davlat oliy ta’lim muassasasining futbol va futzal bo‘yicha jamoalari bo‘lishi hamda oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda mazkur holatlar inobatga olinishini nazarda tutish alohida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Professional futbol ligasi oliy ta’lim muassasalari qoshida sport jamoalari tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi va bugungi sanani ham o‘zi uchun tarixiy sanalardan biri sifatida e’tirof etadi. O‘z navbatida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidovga futbolga bo‘lgan e’tibori uchun minnatdorchilik bildiramiz. Buxoro davlat universitetining mini futbol jamoasi 2022 yilda o‘tkazilgan Students Cup musobaqasida ishtirok etgan bo‘lib, uning respublika bosqichida chorak finalga qadar etib borgandi. Ishonamizki, universitet endilikda katta futbolda o‘z o‘rniga ega bo‘lib boradi.








Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish