Bokschilarimiz “Parij–2024”ning beshta yo‘llanmasiga ega chiqdi
Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
Italiyaning Busto-Arsisio shahrida “Parij–2024” Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi I jahon kvalifikasion turniri o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqada erkaklar va ayollar o‘rtasidagi milliy terma jamoamizning 9 nafar a’zosi yo‘llanma uchun kurash olib bordi.
Musobaqada -50 kg vazn toifasidagi ayol bokschilar orasida Sabina Boboqulova Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muyassar bo‘ldi. Erkaklar orasida Ruslan Abdullayev (-63,5 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg), To‘rabek Habibullayev (-80 kg) va Lazizbek Mullajonov (-92 kg) o‘z vazn toifalarida to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi lisenziyasiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga qadar Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Abdumalik Xalakov (-57 kg), Bahodir Jalolov (+92 kg) va Nigina O‘ktamova (-54kg) kabi charm qo‘lqop ustalarimiz “Parij-2024” yo‘llanmasi sohibiga aylangan edi.
Hozirda, erkaklar terma jamoamiz 7 ta vaznda (to‘liq tarkib), ayollar terma jamoamiz esa 2 vaznda Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ayol bokschilarimiz 4 ta vazn toifasidagi yo‘llanma uchun 23 may – 5 iyun kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan II jahon kvalifikasion turnirida ishtirok etadi.
Manba: www.aniq.uz