Mutlaq jahon chempioni Alisiya Baumgardnerdan doping ayblovi olib tashlandi
Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
Birinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Alisiya Baumgardner faoliyatini davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.
AQSh sport assosiasiyalari komissiyasi 28 yoshli chempionning diskvalifikasiyasini olib tashladi. O‘tgan yilning avgust oyida amerikalik bokschida taqiqlangan mesterolon moddasi aniqlangan edi. Baumgardner o‘sha zahotiyoq aybsiz ekanini aytib, buning uchun barcha tekshiruvlardan o‘tishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
U hatto o‘z xohishi bilan soch tolasi testidan ham o‘tishga rozi bo‘lgandi. Natijada uning tahlili toza chiqdi va endi u yana janglarda ishtirok eta oladi. Uning navbatdagi raqibasi katta ehtimol bilan birinchi yarim o‘rta vaznda mutlaq jahon chempioni Keti Teylor bo‘ladi.
Lekin barcha yo‘nalishlarda reyting yetakchilaridan bo‘lib turgan sobiq jahon chempioni Delfin Person bunga to‘sqinlik qilishi mumkin. Boisi, aynan u kamar uchun rasmiy da’vogar hisoblanadi
Manba: www.aniq.uz