28 fevral – 3 mart kunlari Toshkentda gandbol bo‘yicha IHF Trophy turnirining qit’alararo bosqichi bo‘lib o‘tadi
Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
28 fevral – 3 mart kunlari Toshkentda gandbol bo‘yicha IHF Trophy turnirining qit’alararo bosqichi bo‘lib o‘tadi. U18 va U20 yosh toifalaridagi qizlar o‘rtasida tashkil etiladigan turnirda o‘z mintaqalarida g‘alaba qozongan jamoalar chempionlik uchun kurash olib borishadi.
Bahslar «Alpomish» kompleksi hamda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tadi. G‘olib jamoalar o‘z yosh toifalarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishadi. Musobaqada qatnashadigan jamoalar bilan tanishing:
U18: O‘zbekiston, Gvadelupa, Yangi Kaledoniya, Nigeriya, Gvatemala, Kosovo;
U20: O‘zbekiston, Yangi Kaledoniya, Meksika, Buyuk Britaniya, Peru, Gvineya.
Manba: www.aniq.uz