Gandbol: Toshkentda “IHF Trophy” turniri boshlanmoqda
Bo'limi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Buyurtma berish
Evropa, Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerika, Shimoliy Amerika va Karib havzasi, shuningdek, Okeaniya hududlari bosqichlarida g‘olib chiqqan 9 davlatning gandbol jamoalari ayni kunlarda boshlanajak qizg‘in bahslarga hozirlik ko‘rmoqda.
Musobaqalar poytaxtimizdagi “Alpomish” sport majmuasi hamda Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining gandbol zalida bo‘lib o‘tadi.
Bugun “Alpomish” sport saroyi U-18 jamoalari o‘rtasidagi ilk o‘yinda Nigeriya – Gvadelupa, U-20 jamoalarining dastlabki uchrashuvida O‘zbekiston – Gvatemala, Peru – Buyuk Britaniya, O‘zbekiston – Meksika jamoalarining o‘yinlari tashkil etiladi.
Kecha Xalqaro gandbol federasiyasining mas’ul mutaxassislari ishtirokida “IHF Trophy” turnirining hakamlari hamda ishtirokchi jamoa vakillari uchun musobaqa oldi seminar o‘tkazildi.
Majlisda jamoalarning musobaqadagi ishtiroki, o‘tkaziladigan o‘yinlar, gandbolchilarning qanday rangdagi kiyimlarda maydonga tushishi va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Aytish lozim, uchrashuvlarni Saudiya Arabistoni, Quvayt, Slovakiya, Tunis, AQSh va O‘zbekistonning eng sara hakamlari boshqarib boradi. Xalqaro turnir bahslari 3 martga qadar davom etadi.
Manba: www.aniq.uz