Chilonzor va Mirobod tumanida giyohvandlik vositalarini tarqatmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
Poytaxtda giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishida Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar davom etmoqda. Natijada giyohvandlikni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi bir qator shaxslar qo‘lga olingan. Jumladan,
Joriy yilning 8 fevral kuni Chilonzor tumanida o‘zini shubhali tutgan 2002 yilda tug‘ilgan Ergashev Lazizbek Aziz o‘g‘li to‘xtatib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 10 dona o‘ramda bo‘lgan “Mefedron” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Aniqlangan giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan va tegishli hujjatlar bilan tergovga taqdim etilgan.
Mazkur holat yuzasidan L.Ergashevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, joriy yilning 14 fevral kuni Mirobod tumanida o‘zini shubhali tutgan 1996 yilda tug‘ilgan Xolmonov Javoxir Ixtiyor o‘g‘li to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 6 dona o‘ramdagi “Mefedron” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan J.Xolmonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Manba: www.aniq.uz