«Women in Tech» O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi
Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
«Women in Tech» notijorat tashkiloti Markaziy Osiyo davlatlari ichida, birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi.
Tashkilot xotin-qizlarning fan va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishlarida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Tashkilotning bosh ofisi Parijda joylashgan, shuningdek, 48 mamlakatda filiallari mavjud.
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2 mart kuni Toshkent shahrida «Women in Tech» tashkiloti faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan o‘tkazilgan rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, IT Park Uzbekistan, shuningdek, Respublikaning yirik IT-kompaniyalari vakillari hamda IT sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishdi. Ma’lumot o‘rnida, mazkur tadbirda ishtirok etish uchun 600 nafardan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tdi.
Statistik ko‘rsatkichlarga nazar solganimizda, yurtimiz ilmiy ta’lim muassasalarida 660 ayol fan doktori, 7 akademik mehnat qilayotgani, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarida esa 3 mingga yaqin xotin-qiz tadqiqot olib borayotgani ma’lum bo‘ladi. Demak, o‘z-o‘zidan ravshanki, bu ko‘rsatkich hali yanada oshadi. Chunki ilm-fan orzusi bilan yonib yashayotgan xotin-qizlar soni juda ko‘p. Har qanday xalqning yetuklik darajasini, avvalo, ayollarning ilmiy-madaniy kamoloti belgilab berishi, oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratishlari hammamizga yaxshi ayon.
Ochilish marosimida, shuningdek, maxsus mehmon - xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro ekspert, PauceFest, TEDx Ist, UFM Business Forum, GMI Summit va LEAP kabi global tadbirlar ishtirokchisi, Women in Tech global kompaniyasi asoschisi Ayumi Mur Aoki ham qatnashdi. Dunyoning TOP 100 nafar yetakchi ayollar ro‘yxatida bo‘lgan Aoki o‘z fikrlarini bildirar ekan, «Women in Tech» hozirda 200 000 dan ortiq a’zoga ega ekanligi va 2030 yilgacha STEAMda 5 million ayol va qizlarni o‘z atrofiga jamlashni maqsad qilinganini ta’kidladi:
«Biz O‘zbekistonda Tashkilotimiz faoliyatini rasman ishga tushirganimiz hamda texnologiya sohasida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga ishtiyoqmand ayol-qizlarni rag‘batlantirishdan juda xursandmiz. Bizning vazifamiz – O‘zbekiston ayollariga texnologiya sohasida muvaffaqiyat qozonishlari va o‘z sohalarida yetakchi bo‘lishlarida ularni qo‘llab-quvvatlash, zarur resurslar va imkoniyatlar taqdim etishdan iborat»
Manba: www.aniq.uz