Toshkentda avtobusda oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi
Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
Toshkent shahrida yo‘nalishli avtobuslardan birida oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi axborot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, erkak 9t-sonli avtobusda chiptachi vazifasida ishlab kelib, 2023 yil oktyabr—noyabr oylari davomida avtobusga yo‘lovchi sifatida mingan fuqaro Y.A.ga jinsiy aloqada birga bo‘lishni taklif qilib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan.
Sud majlisida u yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik harakatiga to‘liq iqrorlik keltirib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi va yengillik berishni so‘radi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, uning hisobidan maxsus qabulxona foydasiga 153 000 so‘mdan undirilishi belgilandi.
Manba: www.aniq.uz