Shavkat Mirziyoyev qurilish tannarxini pasaytirish va uylar sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi
Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida barcha hududlarda yangi uy-joylar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, odamlarning xarid imkoniyatini kengaytirish uchun to‘rt yil oldin ipoteka tizimining bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy qilindi. Unga muvofiq, o‘tgan davrda barcha manbalardan 100 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bularning hisobiga hududlarda 6 mingta ko‘p qavatli uy barpo etilib, 250 ming oila yangi boshpanali bo‘ldi. Daromadi yuqori bo‘lmagan 45 mingta oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovi uchun 2,4 trillion so‘mlik subsidiyalar berildi.
Jumladan, o‘tgan yili mamlakatimiz bo‘yicha 85 mingta yoki 2022 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p xonadon qurildi. Aholiga 17 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.
Aholi sonining o‘sishini inobatga olib, bunday ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Avvalo yangi uylarning sotuv narxi va sifatiga e’tibor qaratilib, nomutanosibliklar ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga qurilish tannarxini pasaytirish va uylar sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu maqsadda, taklifni ko‘paytirish uchun ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga qo‘shimcha yerlar auksionga chiqarilishi belgilandi.
Manba: www.aniq.uz