«Humo» xokkey klubi bosh murabbiyi: «Keyingi mavsumda o‘yin sifatini yanada oshiramiz»
Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
«Humo Arena» matbuot markazida «Humo» xokkey klubining o‘tgan 2023/2024 yilgi mavsum yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Unda klub mutasaddilari, vakillari va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
«Albatta, pley-offdagi muvaffaqiyatsizlikdan barchamiz xafamiz. Aslida, ko‘proq natijalarni maqsad qilgandik. Ammo bu sport, g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi, - dedi klub bosh murabbiyi Yevgeniy Popixin. - Ortda qolgan mavsum o‘yinlarini chuqur tahlil qilib, xatolarimiz ustida ishlaymiz, rejalarimizni belgilab olamiz va keyingi mavsumda o‘yin sifatini yanada oshiramiz».
Matbuot anjumani davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, «Humo» chorak final bosqichida pley-offni yakunladi. Yigitlar bor kuchlari bilan kurashishdi, biroq raqib kuchliroq chiqdi.
Umuman olganda, mavsum aralash edi. Tarixdagi birinchi to‘laqonli kubok - Qozog‘iston kubogi qo‘lga kiritildi. Muntazam mavsumda ular ikkinchi o‘rinni egallab, 38 ta g‘alabaga erishdi. Chempionat yakunlariga ko‘ra «Humo» 5-o‘rinni egalladi.
Manba: www.aniq.uz