O‘zbekistonda 2023 yilgi venchur bitimlarining summasi 6 million dollardan oshdi
Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
O‘zbekistonda venchur bozori so‘ngi yillarda, ayniqsa jadal rivojlanayotganini kuzatish mumkin. «EA Group» va «BGlobal Ventures» xoldingi, shuningdek “KPMG Caucasus and Central Asia”, “Crunchbase” va Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi ishtirokida o‘tkazilgan "RISE Research" yangi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, mamlakatda venchur kapitalini moliyalashtirish hajmi ikki baravar oshgan.
"RISE Research" yuqorida nomlari tilga olingan kompaniyalar va Vazirlik bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo hamda Kavkaz venchur bozori bo‘yicha mazkur yirik tadqiqotni o‘tkazdi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi venchur bozori tez sur’atlarda rivojlanmoqda. 2023 yilda mintaqadagi venchur bitimlarining umumiy miqdori 110 million dollardan oshdi.
“Bizning tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi besh yil ichida Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida venchur kapital moliyalashtirish hajmi 5,5 baravar o‘sdi va 2023 yilda bitimlar hajmi 110 million dollardan oshdi. Biroq, ekotizim kichikligicha qolmoqda, bu esa qo‘shimcha investisiyalar uchun katta imkoniyatlar borligidan dalolat beradi. Rivojlanish to‘siqlaridan biri – bu mintaqada ishonchli ma’lumotlarning yetishmasligi. «RISE Research»dagi maqsadimiz investorlar va davlatning barqaror o‘sishiga zamin yaratadigan sifatli va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish orqali bu bo‘shliqni to‘ldirishdir”, – ta’kidladi RISE Research asoschisi Aynur Janturina.
2023 yilda O‘zbekistonda venchur bitimlari summasi 6 million dollardan oshdi, bu 2022 yilga nisbatan 2 baravar ko‘p. Shuningdek, venchur kapitali bilan tuzilgan bitimlarning umumiy soni (jami 34 ta bitim) 1,42 baravar ortdi, deya xabar berdi «KPMG Caucasus and Central Asia» ekspertlari.
«Ushbu tadqiqot Markaziy Osiyo va Kavkazning venchur ekotizimi uchun muhim bosqichdir. Bozorimizning shaffofligi va yetukligining tan olinishini ta’minlab, u xalqaro investorlarning e’tiborini tortadi hamda mahalliy startaplar va fondlar uchun dunyo bozori eshiklarini ochadi. Global ambisiyalarga ega bo‘lgan mahalliy tadbirkor sifatida bu meni, albatta, xursand qilmay qolmaydi», – deydi «EA Group» xolding direktori Erik Aubakirov.
Manba: www.aniq.uz