Alimentchi ayol Turkiya safari uchun eriga 43 mln. so‘m to‘lashiga to‘g‘ri keldi
Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
Ma’lumki, yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy ta’minot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan.
Sudning 09.04.2019 yildagi qaroriga asosan, qarzdor Z.X.dan undiruvchi T.X. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining 1/3 -qismi miqdorida aliment undirish belgilangan ijro hujjati Byuroning SH.Rashidov tuman bo‘limiga 09.04.2019 yilda kelib tushgan. Shuningdek, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi cheklangan.
Biroq, qarzdor Z.X. 2017 yilda Turkiya davlatiga chiqib ketganligi sababli aliment pullarini undirish imkoni bo‘lmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor ayol 30.12.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasiga kelib, o‘ziga nisbatan qo‘yilgan cheklov sabab Turkiya davlatiga chiqib keta olmagan.
Shundan so‘ng, ayol farzandlari voyaga yetgunga qadar aliment qarzdorlikni bir yo‘la 43 million so‘m naqd pulda to‘lab berdi.
Davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinib, ijro ishi tamomlandi.
Manba: www.aniq.uz