Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Andijonda 3 ta nihol 2 mlrd so‘mga sotib olingani haqida xabarlar tarqaldi

Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “2 mlrd so‘mga 3 ta nihol sotib olingani” to‘g‘risida asoslanmagan va noholis axborotlar tarqatilmoqda.

Mazkur holat viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtirish mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganib chiqilganda, aytilgan iddaolar mutlaqo tasdig‘ini topmadi. Ushbu mablag‘larga 5000 donadan ortiq daraxtlar sotib olingani to‘g‘risida OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka rasmiy va xalqchil tarzdagi tushuntirishlar berildi.

Shunga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va OAVlar tomonidan hanuzchaga ushbu noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda. Ularning bunday harakatlari davlat institutlariga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarmoqda.

Zero, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 121-moddasida veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga yoki sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shartligi belgilangan.

Qonunninng 121-moddasida esa, internetda tarqatilishi mumkin bo‘lmagan axborot turlari belgilangan. Xususan, yolg‘on axborotni hamda jamiyatga va davlatga hurmatsizlikni namoyon etuvchi ma’lumotlarni tarqatish ta’qiqlangan.

“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida esa jurnalist o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va holis axborot taqdim etishi shart, deya belgilangan.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish