“Women in Tech” endi O‘zbekistonda
Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
«Women in Tech» notijorat tashkiloti xotin-qizlarning fan va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishlarida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Tashkilotning bosh ofisi Parijda joylashgan, shuningdek, 48 mamlakatda filiallari mavjud.
Markaziy Osiyo davlatlari ichida, birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda «Women in Tech» tashkiloti o‘z faoliyatini boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida tashkil etilayotgan ushbu tadbir zamonaviy kasblarda xotin-qizlar salohiyatini ochib berishga qaratilgan "Women in Tech" tashkilotining mamlakatimizdagi reja va loyihalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z nutqi bilan ishtirok etadi. Shuningdek, tadbirda xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari, O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, IT PARK Uzbekistan, shuningdek, Respublikaning yirik IT-kompaniyalari vakillari hamda IT sohasiga qiziquvchilar ishtirok etadi.
Ochilish marosimida maxsus mehmon - xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro ekspert, PauseFest, TEDx Ist, UFM Business Forum, GMI Summit va LEAP kabi global tadbirlar ishtirokchisi, "Women in Tech" Global kompaniyasi asoschisi Ayumi Mur Aoki ham qatnashadi. Ma’lumot o‘rnida, u dunyodagi TOP 100 nafar yetakchi ayollar ro‘yxatiga kiritilgan.
Manba: www.aniq.uz