Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Aholiga sifatsiz benzin mahsulotlarini sotgan 7 ta AYOQShlarga nisbatan chora ko‘rildi

Bo'limi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Buyurtma berish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi «O‘zenergoinspeksiya» Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida joylarda yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazdi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish yurituvchi «RAFS» SICHK, «RUXSHONA HAMID» MCHJ, «SUVINSHOATGAZQURILISh» XK, «IMKON-XAMKOR» XK, «RUSLAN» FX, «TO‘RTKO‘LLI BUNYOD OIL» MCHJ hamda «GULNORA GAZ SERVIS» MCHJlarga qarashli AYOQShlarda o‘rganishlar o‘tkazildi.

Ushbu yonilg‘i quyish shoxobchalaridan benzin mahsulotlari xarid qilinib, belgilangan tartibda tegishli laboratoriyalarga taqdim etildi. Laboratoriya tahlillari 7 ta xizmat ko‘rsatuvchi shOxobchaning benzin mahsulotlarini sifatsizligi bo‘yicha o‘z xulosasini bergan.

Mazkur xulosaga ko‘ra yonilg‘i quyish shoxobchalaridan namuna olingan AI-92 benzinning tarkibidagi Oktanning normativ hujjat talabiga ko‘ra 92,0 bo‘lishi kerakligi, lekin tekshirish natijasida ushbu ko‘rsatkich shoxobchalardan olingan namuna yoqilg‘i mahsulotlarida 90 ga ham yetmaganligi, O‘zDst 3031:2015 1-1-bandi talabiga javob bermasligi xulosa qilingan.

Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda AYOQShlar tomonidan 2023 yil AI-92 markali sifatsiz jami 26 ming litrdan ziyod avtobenzin sotilganligi, buning natijasida iste’molchilarga jami 277 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining tegishli moddasi talabi buzilishi holatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qaror, ko‘rsatmalar berildi.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish